Har kuni bitta dars.

Aiden ingliz tilini o‘rgatadigan ilova. Farzandingiz kuniga bitta dars o‘tadi, siz esa uning natijasini telefoningizda ko‘rib turasiz.

Birinchi oy bepul. Karta so‘ralmaydi.

Bepul oy30 kun, 30 dars
11 ta dars o‘tildiBugun: 12-dars

Ilovada uchta rejim bor

Rejim ilovaning tepasida almashadi. Ota-ona va bolalar rejimiga o‘tishda PIN-kod so‘raladi, shuning uchun bola sozlamalarga kira olmaydi.

Talaba rejimi: bugungi dars, maqsad qadamlari va AI Tutor

Talaba

O‘quvchi uchun

Har kuni yangi dars va mashqlar. Hamma mashqni to‘g‘ri bajarsa, tanga oladi.

Bolalar rejimi: robot AIDEN va birinchi dars

Bolalar

Kichkintoylar uchun

Ingliz alifbosi kartalarda. Bola kartani bosadi va harf bilan so‘zni to‘g‘ri talaffuzda eshitadi.

Farzand rejimi: bugungi dars, uy vazifasi va oylik natija

Farzand

Ota-ona uchun

Farzandingiz bugun nima o‘tdi, uy vazifasi qanday va oy natijasi qancha, hammasi bir ekranda.

Qanday boshlanadi

  1. Ilovani yuklab oling

    App Store yoki Google Play’dan. Ochishingiz bilan birinchi dars boshlanadi, ro‘yxatdan o‘tish shart emas.

  2. Bir oy bepul o‘qing

    Har kuni bitta dars. Bu oyda hech qanday to‘lov yo‘q.

  3. Davom etishni tanlang

    Oy tugagach, obunani ilovaning o‘zida rasmiylashtirasiz. Shundan keyin AI yordamchi ham ochiladi.

Narx

50 000 so‘m oyiga

Birinchi 30 kun bepul.

  • Har kuni yangi dars
  • Ota-ona rejimida farzandingiz natijasi
  • AI yordamchi (obunadan keyin)
  • To‘lov ilovaning ichida, App Store yoki Google Play orqali. Click orqali to‘lash tez orada shu saytda bo‘ladi.

O‘quv markazlari uchun

Markazingiz uchun uchta vosita, bitta tizim

CRM’da kiritilgan ma’lumot talaba ilovasiga va ota-onaning Aiden ilovasiga o‘zi yetib boradi. Har markazning serveri va bazasi alohida: boshqa markaz sizning ma’lumotingizni ko‘rmaydi.

Aiden CRM

Markaz rahbari va administratorlar uchun

O‘quvchilar, guruhlar va dars jadvali bir joyda. To‘lov qarzlari, davomat va yangi murojaatlar shu yerda ko‘rinadi.

  • O‘quvchilar va guruhlar
  • Dars jadvali
  • To‘lovlar, Payme
  • Davomat, turniket
  • Lidlar va qo‘ng‘iroqlar
  • SMS va Telegram
  • O‘qituvchi oyligi
  • Hisobotlar

Talaba ilovasi

Markaz o‘quvchisi uchun

Uy vazifasi va kunlik topshiriq telefonida. To‘g‘ri bajarsa tanga oladi va uni ilovadagi do‘konda ishlatadi.

  • Uy vazifasi
  • Kunlik topshiriq
  • Lug‘at va talaffuz
  • IELTS mashqlari
  • AI repetitor
  • Tangalar va do‘kon
Vazifalar ekrani: jonli doska darsi va mashqlar

Aiden ilovasi

Ota-ona va bola uchun

Ota-ona farzandi darsda bo‘lgani, uy vazifasi va natijalarini ko‘radi. Kichkintoylar uchun alifbo bo‘limi bor.

  • Davomat
  • Uy vazifasi
  • Natijalar
  • Bolalar alifbosi
  • AI yordamchi
  • PIN-kod
Natija ekrani: uy vazifasi foizi, oy grafigi va kunlik topshiriq

Administrator CRM’da o‘quvchini guruhga qo‘shadi va davomatni belgilaydi.

O‘quvchi talaba ilovasida uy vazifasini va kunlik topshiriqni oladi.

Ota-ona Aiden ilovasida davomat va natijani shu kuni ko‘radi.

Markazlar uchun aloqa havolasi tez orada qo‘shiladi.

Savollar

Nega ro‘yxatdan o‘tish Telegram orqali?

SMS kodni kutish shart emas: Telegram botimiz telefon raqamingizni bitta tugma bilan tasdiqlaydi. Parol yo‘q, eslab qolish ham kerak emas.

Bepul oy qachondan boshlanadi?

Ilovani birinchi marta ochgan kuningizdan. Saytda oldindan ro‘yxatdan o‘tsangiz ham, oy ilovani ochganingizda boshlanadi.

Bepul oy tugagach nima bo‘ladi?

Ilova obunani taklif qiladi. Obuna bo‘lsangiz, AI yordamchi ochiladi. O‘tilgan darslar va natijalar saqlanib qoladi.

O‘quv markazida o‘qiymiz. Ilovadan foydalana olamizmi?

Agar markazingiz Aiden bilan ishlasa, ha: ilovada markazingizni tanlaysiz va to‘lovni markaz qiladi. Bu haqda markazingizdan so‘rang.

Markazimiz Aiden’ga qanday ulanadi?

Markaz uchun alohida server va baza ochiladi, CRM o‘z domeningizda ishlaydi. O‘quvchilar talaba ilovasidan, ota-onalar Aiden ilovasidan foydalanadi. Narx faol o‘quvchilar soniga qarab hisoblanadi.

Birinchi darsni bugun boshlang

Bepul boshlash